Uzun video — suhbat, dars, vebinar yoki stream — qisqa kliplar uchun eng yaxshi manba. Uni ikki yo'l bilan bo'lish mumkin.
Qo'lda: montaj dasturida
- videoni oxirigacha ko'rib, yaxshi joylarni belgilaysiz;
- har birini kesib, 9:16 kadrga moslaysiz;
- subtitr yozasiz yoki alohida xizmatda tayyorlaysiz;
- har klipni alohida eksport qilasiz.
Bitta soatlik video uchun bu bir necha soat ish.
AI bilan: Jilo
Jilo nutqni matnga aylantiradi va matndan kuchli lahzalarni topadi. Siz ro'yxatdan keraklilarini tanlaysiz, Jilo ularni vertikal formatda, yuzni kuzatib, subtitr bilan kesadi. Tayyor kliplar papkangizga tushadi.
- Montajni o'zingiz davom ettirmoqchi bo'lsangiz — kliplarni ZIP qilib olish mumkin.
- Kesish, kadr va render internetsiz ishlaydi; internet faqat nutqni matnga aylantirish uchun kerak.
Qaysi biri kerak?
Oyiga bir-ikki klip bo'lsa — qo'lda ham bo'ladi. Har hafta podkast yoki suhbat chiqarsangiz, vaqtni AI tejaydi. Batafsil: podkastdan Reels qanday qilinadi.
Jilo macOS (Apple Silicon) va Windows 10/11 da ishlaydi. Birinchi kirishda 10 daqiqa video bepul — yuklab oling.



