Yuklab olish

Jilo'ni o'rnating va birinchi klipingizni chiqaring.

macOS uchun yuklab olish

Apple Silicon (M1 va yangiroq), macOS 11+

Windows uchun yuklab olish

Windows 10/11, 64-bit

Qanday boshlash

  1. Yuklab oling va o'rnating

    macOS — DMG faylini oching va Jilo belgisini Applications papkasiga torting.

    Windows — jilo-setup.exe'ni ishga tushiring. Windows SmartScreen chiqsa — «Batafsil» (More info) → «Baribir ishga tushirish» (Run anyway): o'rnatuvchi hali imzolanmagan.

  2. Google bilan kiring

    Ilovani oching va Google hisobingiz bilan kiring — 10 daqiqa bepul sinov shu paytda beriladi.

  3. Videoni tanlang

    Kompyuteringizdagi fayl yoki havola. Jilo kuchli lahzalarni topib, hammasini o'zi kesadi.

Tizim talablari

macOS11 Big Sur va undan yuqori · Apple Silicon (M1 va yangiroq) · 8 GB RAM (16 GB tavsiya)
Windows10/11 · 64-bit · 8 GB RAM
Disk2 GB bo'sh joy + kliplar uchun joy
InternetFaqat nutqni matnga aylantirish uchun
Versiya1.8.13

Savollar

Qaysi kompyuterlarda ishlaydi?

macOS 11+ (Apple Silicon: M1 va yangiroq) va Windows 10/11 (64-bit). Intel Mac'lar hozircha qo'llab-quvvatlanmaydi.

Videom serveringizga yuklanadimi?

Kompyuter ilovasida — yo'q: video kompyuteringizda qoladi, bulutga faqat ovoz oqimi boradi. Telefon ilovasida video vaqtincha yuklanadi: manba 24 soatda, kliplar 7 kunda o'chiriladi.

Windows ogohlantirish chiqardi — xavfsizmi?

O'rnatuvchi hali kod imzosiga ega emas, shuning uchun SmartScreen «noma'lum nashriyotchi» deydi. «Batafsil» → «Baribir ishga tushirish» ni bosing. Faylni yuklab olgach, nazorat summasi (SHA-256) bilan tekshirib ko'rishingiz mumkin.

Internetsiz ishlaydimi?

Kesish, kadr va render internetsiz ishlaydi. Nutqni matnga aylantirish uchun ulanish kerak.

Savol yoki muammo

Savolingiz bo'lsa, ilova ichidagi chat yoki Telegram orqali yozing.

@jilo_support

Nazorat summasi (SHA-256): macOS · Windows — Yuklab olgan faylni shu summaga solishtirib, u yo'lda buzilmaganini tekshirishingiz mumkin.